Kasanachi bilan shartnoma tuzdingizmi? Hisobotda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazing!
2025-04-14 14:30:00 / Qo'mita yangiliklari

Ish beruvchi va kasanachi o‘rtasida tuzilgan mehnat, fuqarolik-huquqiy yoki pudrat shartnomalari Soliq qo‘mitasining Yagona elektron shartnomalar axborot portalida majburiy tartibda ish beruvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Buning uchun my3.soliq.uz portalida “Kasanachilar bilan tuzilgan shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish” xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Agar kasanachi bilan shartnoma aynan shu interaktiv xizmat orqali ro‘yxatdan o‘tkazilsa, JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisob-kitobining 7-ilovasini to‘ldirishda xatolik yuzaga kelmaydi.
15-aprel — mart oyi uchun JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha hisobot topshirishning oxirgi kuni.




