Mulkni ijara stavkalari ixtisoslashuvidan kelib chiqib belgilanadi
2025-04-01 15:15:00 / Qo'mita yangiliklari
Komil Sayidov, Soliq solish metodologiyasi departamenti direktori:
Ijara to‘lovining minimal stavkalari soliq to‘lovchini faoliyat turi yoki joylashuviga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Shu sababli, endi mulkni ixtisoslashuvidan kelib chiqib stavkani belgilash vakolati Xalq deputatlari viloyat (Toshkent shahar) Kengashlariga berildi.
Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ijara shartnomalarini E-ijara axborot tizimida hisobga qoʻyishda shartnomada nazarda tutilgan ijara summasi ko‘rsatiladi.
Soliq solish maqsadida eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
