Soliq qo‘mitasi davlat boshqaruvi organlari orasida kiberxavfsizlik bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi
2025-03-28 11:00:00 / Qo'mita yangiliklari

“Kiberxavfsizlik markazi” tomonidan 2024-yil yakuni boʻyicha davlat boshqaruvi organlarida axborot va kiberxavfsizlik reytingi e’lon qilindi.
Unda xavfsizlikni taʼminlashda faol ishtirok etgan va yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan Soliq qoʻmitasi 99.8 ball toʻplab, faxrli 1-oʻrinni egalladi.
Bu Soliq qoʻmitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti, Soliq maʻlumotlarini qayta ishlash markazi va “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi mutaxassislarining hamkorlikda amalga oshirgan zarur tashkiliy va texnik tadbirlari natijasidir.
Axborot tizimlari va resurslarining samarali ishlashi, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, kiberxavfsizlik va maʻlumotlarning ochiqligi taʻminlanganligi – bularning barchasi ushbu muvaffaqiyatga zamin yaratdi.



