Yuk tashish hujjatlaridagi yangiliklar: qo‘shimcha va afzalliklar
2025-03-20 19:25:00 / Qo'mita yangiliklari
Vazirlar mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga tovar-moddiy boyliklarini tashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” Qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
Tovar-moddiy boyliklar yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura (EHF) va tovar-transport yuk xati (TTYX) birlashtirilgan holda rasmiylashtirishi mumkin.
! Bu tadbirkorlarning ish hajmi va vaqtini kamaytirib, mablag‘larini tejaydi.
quyidagi hollarda elektron hisobvaraq-faktura bilan tovar-transport yuk xati birlashtirib rasmiylashtirilmaydi:
- yuklar transport vositasidan foydalanmagan holda (qo‘lda yoki maxsus qurilmalar yordamida) tashilganda;
- tovarlarni realizatsiya qilish va yuklab jo‘natish bilan bir vaqtda amalga oshirilmaganda.
Aytish kerakki, TTYXni elektron shaklda rasmiylashtirish talabi yuridik shaxslar, YTT va aylanmasi 100 mln so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shuningdek, qaror bilan:
– hujjatdagi xatoliklarni mustaqil ravishda tuzatish maqsadida “Tuzatuvchi ETTYX”ni rasmiylashtirish tartibi;
– yuklar jismoniy shaxslarga yetkazib berilganda va tovar xususiyatiga ega bo‘lmagan yuklar tashilganda “Bir tomonlama ETTYXni rasmiylashtirish tartibi;
– yuklarni bir nechta transport almashinuvi hamda pochta va kuryerlik xizmati orqali tashilganda ETTYXni rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.
