Asosiy kontentga o'tish

Mahsulotlarni EHF orqali realizatsiya qilishda qatʻiy biriktirilgan oʻlchov birliklaridan yoki ular asosida yaratilgan qadoqlardan foydalanish mumkin

2025-03-14 10:50:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq organlarining tahlillarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotilayotgan tovarlar miqdori, oʻlchov birligi va qiymatida katta farqlar aniqlanmoqda. Bu haqda avval ham bir necha bor xabar qilingan edi. 

Oʻlchov birliklari yoki tovarlar miqdori notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli:
–sotilgan tovarlar tannarxining haqiqiy holati buzilishi;
–tovarlar harakatini nazorat qilish qiyinlashishi;
–soliq hisobotlarini topshirishda savollar koʻpayishi mumkin.

Endilikda mazkur roʻyxatdagi mahsulotlarni EHF orqali realizatsiya qilishda qatʻiy biriktirilgan oʻlchov birliklaridan yoki ular asosida yaratilgan qadoqlardan foydalaniladi.

Misol uchun, konfet (01704001016000000) mahsuloti uchun qat’iy kilogram o’lchov birligi biriktirilgan. Mazkur mahsulotni qadoqlagan holda realizatsiya qilish zaruriyati yuzaga kelganda kilogram o’lchov birligidan foydalangan holda iste’mol qadog‘ini  shakllantirish lozim bo‘ladi.

Konfet mahsulotini realizatsiya qilishda EHF rasmiylashtirish uchun ushbu shakllantirilgan qadoqdan  foydalanish mumkin bo‘ladi.

Ushbu mahsulotlar chakana savdoda Onlayn-NKM cheklari orqali realizatsiya qilinganda tasnif.soliq.uz saytida ko'rsatilgan o'lchov birliklaridan foydalaniladi.

Qadoq yaratish bo‘yicha video qo‘llanmadan foydalanishingiz mumkin.  

Tovar va xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha EHF shakllantirish jarayonida tadbirkorlik subyektlarida tushunmovchilik yoki boshqa koʻzda tutilmagan holatlar uchraganda soliq organlari ularga yaqindan yordam berishga doim tayyorligini maʼlum qiladi. 

Murojaat uchun:
☎️ 71 244-98-09, ichki raqam 01570
📱  Telegram

 

Soliq qo'mitasi Qo'shilgan qiymat solig'i ma'muriyatchiligi boshqarmasi

77

Oxirgi yangilanish: 2025-03-14 11:20:56

;
Mahsulotlarni EHF orqali realizatsiya qilishda qatʻiy biriktirilgan oʻlchov birliklaridan yoki ular asosida yaratilgan qadoqlardan foydalanish mumkin