@Efactura_Bot bilan ishingiz yanada oson bo‘ladi
2023-11-27 18:05:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq xizmati organlari tomonidan Rouming tizimining @Efactura_Bot Telegram-boti ishga tushirildi.
Foydalanuvchi botni “Ishga tushirish” (запустить/start) orqali 8 ta raqamli Telegram-IDga ega bo‘ladi. Namuna – Telegram-ID: 20xxxxx48
Berilgan ID raqam soliq to‘lovchining my.soliq.uz sayti shaxsiy kabinetidagi Elektron hisobvaraq-fakturalar bo'limida “Sozlanmalar” - “Sizning ma’lumotlaringiz” - “Telegram ID” maydoniga kiritiladi. Ushbu maydonga bir nechta ID raqam kiritish mumkin.
@Efactura_Bot imkoniyatlari
🔹 Quyidagi elektron hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin:
▪️EHF;
▪️shartnoma;
▪️ishonchnoma;
▪️tovar-transport yukxati;
▪️dalolatnoma;
▪️solishtirma dalolatnoma.
🔸 QR-kodli hujjat fayli botga yuborilganda:
▫️ayni vaqtdagi holatini (amalda / tuzatilgan / bekor qilingan) tekshirish;
▫️PDF formatdagi asl nusxasini (o‘zbek / rus tilida) yuklab olish mumkin.
