MDH davlatlari soliq xizmatlari global Big Data texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajriba almashdi
2023-10-06 10:55:00 / Qo'mita yangiliklari

Joriy yilning 6-oktabr kuni Soliq qoʻmitasi rahbariyati Ostona shahrida bo‘lib o'tayotgan MDHga a'zo davlatlarning Soliq xizmatlari rahbarlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining XXX yigʻilishida ilk bor toʻlaqonli ishtirokchi sifatida onlayn formatda ishtirok etdi.
Ma'lumot uchun. O‘tgan yili Belarusda qo‘mita raisi Sh.Kudbiyev faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan.
Kun tartibidagi asosiy mavzular – texnologik (raqamli) yechimlardan foydalanish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish va inson resurslarini rivojlantirish uchun katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish usullari.
Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev oʻz nutqi davomida Oʻzbekiston soliq organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari quyidagilardan iborat ekanligini taʼkidladi:
▫️Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi infratuzilmasini yangilash,
▫️kommunikatsiya tuzilmalari va axborot xavfsizligi tizimlarini modernizatsiya qilish;
▫️soliq ma'muriyati axborot tizimlarining yagona platformasini yaratish;
▫️jarayonlarni avtomatlashtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish,
▫️soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida ko‘rsatilayotgan xizmatlarni kengaytirish.
Qanday natijalarga erishildi? (to‘liq matn)
Taʼkidlanganidek, soliq maʼmuriyatchiligiga raqamli yechimlarni joriy etish orqali soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini bajarishdagi yuklamasini kamaytirish, soliq organlari faoliyatida tezkorlik va shaffoflikka erishish mumkin.
Jahon banki O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligining IT tizimlarini ijobiy baholadi
Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston mutaxassislari ma’lumotlarni qayta ishlashning intellektual tizimlarini, xususan, neyron tarmoqlar asosida sun’iy intellektdan foydalanish va joriy etish bo‘yicha tajriba almashdi.


