Kameral tekshiruvdan keyin xatolarni o‘z vaqtida tuzatib, soliq auditini oldini olish mumkin
2025-02-06 18:05:00 / Qo'mita yangiliklari
Kameral soliq tekshiruvlari
- soliq toʻlovchining ishtirokisiz;
- uning hududga bormasdan;
- hujjatlarni talab qilmagan holda oʻtkaziladi.
Agar tekshiruvda tafovut va xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga talabnoma yuboriladi. Bunda aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasini 5 kun ichida taqdim etishi kerak.
2024-yilda qariyb 7 mingta tadbirkorlik subyektlari kamchiliklarini bartaraf etib, qayta hisobotlar topshirdi. Natijada ularga soliq auditi o'tkazilishi va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi oldi olindi.
Soliq auditi qachon tayinlanadi?
Agar soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa;
aniqlangan tafovutlar bo‘yicha asosnomalarni taqdim etmasa;
taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa.
2024-yilda kameral soliq tekshiruvlaridan 18,8 mingtasi aniqlangan xato va tafovutlar bo‘yicha soliq hisobotini yoki asoslantiruvchi hujjatlarni taqdim etmadi yoki asosnomalar yetarli emas deb topilgan.
Qanday huquqbuzarliklar aniqlangan?
- Soliq solish bazasini kamaytirib ko‘rsatish hamda xarajatlarni sunʼiy oshirilishi hisobiga soliqlar kam hisoblanganligi;
- huquqni suiisteʼmol qilish, qalbaki yoki ko‘zbo‘yamachilik uchun bitimlar tuzish, xarid va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi bir-biriga muvofiq emasligi hisobiga soliq to‘lanmasligi;
- hisobga olinadigan soliq summasini noto‘g‘ri oshirib ko‘rsatilishi va to‘lanadigan soliq summasini kamaytirish sxemalarining qo‘llanishi kuzatilgan.
Hurmatli soliq to‘lovchilar
Soliq auditi va moliyaviy sanksiyalarning oldini olish uchun kameral soliq tekshiruvlari jarayonida aniqlangan xato va tafovutlar yuzasidan aniqlashtirilgan soliq hisobotlarini yoki asosnomalarni belgilangan vaqtda taqdim etishingiz zarur.
