Yuqori texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash uchun soliq imtiyozlari
2025-01-27 12:25:00 / Qo'mita yangiliklari
“Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalariga yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e'tiboran 3 yil muddatga quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:
- yuqori texnologiyalar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlari qismida foyda solig'inining 0% stavkasini qo‘llash;
- yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlari egallagan yer uchastkalari bo'yicha yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻidan ozod etish.
Elektrotexnika sanoatida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishga asoslangan mahsulotlar roʻyxati Qarorning 5-ilovasida koʻrsatilgan.

Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
Soliq kodeksining 2-moddasi va 75-moddasi
Soliq solish metodologiyasi departamenti
