O‘zbekistonda maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS to‘lovchilar haqida ma'lumot
2025-01-21 11:10:00 / Qo'mita yangiliklari
2025-yil 1-yanvar holatiga maxsus ro‘yxatdan o‘tgan QQS toʻlovchilar soni 201 023 tani tashkil etdi. Bu 2024-yilning 1-yanvariga nisbatan 5,7 % ko‘p.
Eng ko‘p QQS to‘lovchilar quyidagi sohalarda:
- savdo – 67,1 ming;
- qishloq xoʻjaligi – 46,4 ming;
- sanoat – 26,8 ming.
QQS to'lovchilarining yuqori o'sish sur'atlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
- axborot va aloqa – 15,2 %;
- transport – 13,4 %;
- xizmat ko'rsatish – 10,9 %.

