Tadbirkorlarga muhim yangilik
2024-12-11 10:30:00 / Qo'mita yangiliklari
Avval xabar berilganidek, ilgari “nofaol” holatga o‘tkazilgan qurilish materiallarining umumiy 625 ta MXIKlari faol holatga o‘tkazilgan.
Qurilish materiallari uchun qatʼiy o‘lchov birliklari faollashtirilgan umumiy MXIKlar ro‘yxati tadbirkorlarning murojaati asosida qayta ko‘rib chiqildi. Ro‘yxat bilan havolada tanishing.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyidan boshlab mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) Yagona elektron milliy katalogidagi qurilish materiallarining identifikatsiya kodlarini (MXIK) qurilish materiallari Milliy klassifikatoriga muvofiqlashtirish ishlari boshlangan edi.
