O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida ma'lumot
2024-12-10 11:05:00 / Qo'mita yangiliklari
2024-yil 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 563 015 nafar.
Shundan 76 234 tasi yanvar-noyabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.
Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:
- savdo – 146,8 mingta
- qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi – 127,3 mingta
- sanoat – 65,8 mingta
- qurilish – 32,3 mingta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 28,4 mingta
Izoh. 9 oy mobaynida bank operatsiyalarini amalga oshirmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkilotlari avtomatik nofaol holatga oʻtadi.

Soliq toʻlovchilarni hisobga olish va hisobini yuritish boʻlimi
