Ochiq muloqot: vazifalar ijrosi va yil yakuni sarhisobi
2024-12-06 10:00:00 / Qo'mita yangiliklari
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Soliq qo'mitasi, Biznes-ombudsman, nodavlat notijorat tashkilotlari faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Soliq qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i I.Sevinchov Davlatimiz rahbari tomonidan 2024-yilda tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan “Ochiq muloqot”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berdi.


Brifing davomida OAV va NNT vakillari tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishni tashkil etish, ularning huquqlarini himoya qilish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
