Nodavlat taʼlim muassasalari uchun berilgan imtiyozlar muddati uzaytiriladi
2024-12-03 09:30:00 / Qo'mita yangiliklari
Nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari barcha turdagi soliq (ijtimoiy soliqdan tashqari) va yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilish tarzidagi soliq imtiyozlari muddati 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.
Avval ushbu imtiyozdan foydalanish muddati 2025-yil 1-yanvargacha edi.
Joriy yilning 9 oyi davomida 679 ta xususiy bogʻcha va maktablar 113 mlrd soʻmdan ortiq soliq imtiyozlaridan foydalandilar.
