2024-yil 20-noyabr uchun soliq taqvimi
2024-11-20 09:10:00 / Qo'mita yangiliklari
Eslatma! 2024-yil 20-noyabr
oktabr oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);
- agar oktabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3- va 4-qismlari);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).