Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlari uchun MXIKlar ro‘yxati yangilandi
2023-09-18 16:40:00 / Press-relizlar
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xizmatlar turlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Mazkur qarordan kelib chiqib, Mahsulot (tovar va xizmat)larning yagona elektron milliy katalogida ushbu soha xizmatlariga biriktirilgan MXIKlar inventarizatsiyadan o‘tkazildi.
Inventarizatsiya natijasida kodlar strukturasi va tuzilishi o‘zgartirildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi MXIKlarning yangilangan ro‘yxati Katalogga joylashtirildi. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab undan foydalanish majburiy bo‘ladi.
Shu munosabat bilan, hozirda nazorat-kassa texnikalarida amal qilayotgan kodlarni belgilangan sanagacha qayta tekshirib chiqish hamda taklif etilayotgan kodlarga o‘zgartirish tavsiya etiladi.
Savollar va takliflar bo‘yicha 71-202-32-32 raqami orqali katalog Operatoriga murojaat qilishingiz mumkin.
"Yangi texnologiyalar" IAM
