O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar haqida ma'lumot
2024-11-07 18:10:00 / Qo'mita yangiliklari
2024-yil 1-noyabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 566 818 nafar.
Shundan 70 978 tasi yanvar-oktabr oylarida ro‘yxatdan o‘tgan.
Yuridik shaxslar faoliyat turlari bo‘yicha TOP-5 sohalar:
- savdo – 147,7 mingta
- qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi – 140,9 mingta
- sanoat – 66,8 mingta
- qurilish – 32,4 mingta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 28,7 mingta
Izoh. 9 oy mobaynida bank operatsiyalarini amalga oshirmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkilotlari avtomatik nofaol holatga oʻtadi.

Soliq toʻlovchilarni hisobga olish va hisobini yuritish boʻlimi
