Mahallalarda soliq organlari faoliyati
2024-11-06 14:30:00 / Qo'mita yangiliklari
Joriy yil oktabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 86 ballni tashkil etdi.
Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlar:
- Sirdaryo viloyati – 89 %;
- Toshkent shahri – 87,7 %;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi – 87 %.
Mahallalarga biriktirilgan inspektorlarning oktabr oyi reytingi koʻrsatkichlari:
- 90 dan yuqori ball jamg‘argan 1 028 nafar, (shundan105 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.
Reyting koʻrsatkichi:
- 80 dan 90 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 2 490 nafar;
- 75 dan 80 ballgacha boʻlgan inspektorlar – 518 nafarni tashkil etdi.
Ish samaradorligi bo‘yicha 75 dan past ball toʻplagan inspektorlar soni 307 nafar.
Maʻlumot uchun. “Mahallabay” tizimida respublika boʻyicha 9 453 ta mahallada 4 343 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

Soliq organlarining “mahallabay” ishini tashkil etish boshqarmasi
