Joriy yilning 9-oktabr kuni "Debat Xoll" media markazida “Men tadbirkorman” mavzusidagi sessiya boʻlib oʻtdi. Unda Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev ishtirok etdi.
2024-10-11 11:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Joriy yilning 9-oktabr kuni "Debat Xoll" media markazida “Men tadbirkorman” mavzusidagi sessiya boʻlib oʻtdi. Unda Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev ishtirok etdi.
Mubin Mirzayev:
Agar xizmat koʻrsatish sohasi haqida gapiradigan boʻlsak, ish oʻrinlari yaratish, ushbu sohani rivojlantirish boʻyicha qator dasturlar qabul qilingan. Ulardan biri “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis”. Xizmat koʻrsatish sohasida 100 dan ortiq ish oʻrni yaratilsa, ularga qator imtiyozlar beriladi. 10 ta ish oʻrni yaratilsa, ularga xam imtiyozlar ham beradi.
Shu bois xizmat koʻrsatish sohasida ish oʻrinlarini qonuniylashtirish va ularni soliq hisobotida toʻgʻri aks ettirish eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Shuni toʻgʻri koʻrsatsa, ushbu imtiyozlardan toʻliq foydalanadi.
