Qiziqarli faktlar raqamlarda: soliq hisoboti 8 soniyada
2024-10-20 12:25:00 / Qo'mita yangiliklari
Qog‘ozda soliq hisobotlarni tun-u kun, soatlab to‘ldirish, unga ma’lumotlarni birma-bir qayd etib, har bir katagini hisob-kitob qilish - bu o‘tmish.
Soliq to‘lovchilar uchun soliq hisobotlari bir necha soniyada avtomat shakllanyapti. Uni ko‘zdan kechirib “yuborish” tugmasini bosishning o‘zi kifoya.
Aylanmadan olinadigan soliq hisoboti (23 soniyada):
- 2023-yilda 5 mln ta hisobotning 4,1 mln tasi (81,3 %);
- 2024-yil 9 oyda yuborilgan 3,5 mln ta hisobotning 2,8 mln tasi (80,4 %);
Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoboti (8 soniyada):
- 2023-yilda 2,2 mln ta hisobotning 1,9 mln tasi (87%);
- 2024-yil 8 oyda 1,6 mln ta hisobotning 1,4 mln tasi (89%)
soliq organlari tomonidan avtomat shakllantirilgan va shaxsiy kabinetlaridan soliq to‘lovchilar unga o‘zgartirish kiritmasdan elektron tarzda hisobot yuborgan.
