Ota-onalar xususiy bolalar bog'chalari va maktablarga to‘lov uchun daromad solig'ini qaytarib olishi mumkin
2024-09-24 11:10:00 / Qo'mita yangiliklari
Nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga ota-ona (farzandlikka oluvchi)lar tomomidan, har bir farzandi uchun oyiga 3 mln so‘mgacha yo'naltirilgan daromadlari soliq solishdan ozod qilinadi.
Soliq kodeksi 378-modda 16-band
Imtiyoz qanday qo‘llaniladi?
Ota (ona) imtiyozni:
- ish joyi bo‘yicha buxgalteriyaga mablag‘larni nodavlat maktabgacha yoki maktab ta'lim tashkilotiga o‘tkazish haqida ariza va to‘lov uchun hisob (shartnoma) taqdim etgan holda;
- soliq xizmatiga my3.soliq.uz sayti yoki Soliq mobil ilovasi orqali yil yakunlari bo‘yicha daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyaga shartnoma va to‘lov qog‘ozini biriktirib taqdim etgan holda foydalanishi mumkin. Deklaratsiya yuborilgandan so'ng to‘langan soliq summasini qaytarish uchun ariza topshirish lozim.
