Shahar va shaharchalar chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligi yerlari uchun 2 baravar yer soligʻi hisoblash bekor qilinadi
2024-08-29 14:05:00 / Press-relizlar
“Qishloq xoʻjaligi korxonalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
PQ-304-son, 28.08.2024-y.
Qarorga muvofiq,
▫️shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari uchun yer soligʻini 2 baravar miqdorida hisoblash tartibi bekor qilinadi;
▫️ushbu huddularda joylashgan qishloq xoʻjaligi yerlariga amaldagi qonunchilikka asosan, yer soligʻi 1 karra hisoblanadi.
📌Mazkur tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉 Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar
