130 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti o‘z reytingini oshirdi
2024-07-24 11:25:00 / Qo'mita yangiliklari
Barqarorlik reytingining xo‘jalik subyektlari faoliyatiga ijobiy ta'siri davom etmoqda.
Bunda soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan barqarorlik reytingidagi har bir mezon bo‘yicha tadbirkorlarga tavsiya va tushuntirishlar berib borilishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Olib borilayotgan ishlar natijasida iyul oyining o‘tgan davrida 130,6 ming tadbirkorlik subyekti oʻz reytingini oshirdi.
Reyting toifalari boʻyicha tadbirkorlar 24.07.2024-yil holatiga:
🟩AAA – 625 ta;
🟩AA – 1 862 ta;
🟩A – 2 900 ta;
🟦BBB – 15 195 ta;
🟦BB – 35 457 ta;
🟦B – 58 551 ta;
🟪CCC – 38 043 ta;
🟪CC – 144 369 ta;
🟪C – 109 641 tani tashkil etmoqda.
Oʻz navbatida, 130 596 ta tadbirkor barqarorlik reytingining eng quyi – D toifasidan boshqa toifalarga o‘tgan. Shundan 12,4 mingtasi iyul oyiga to‘g‘ri keladi.
Reytingi koʻtarilgan tadbirkorlar sonining eng yaxshi oʻsish surʻatlari quyidagi hududlarda qayd etildi:
Toshkent shahrida – 16 420 ta;
Fargʻona viloyatida – 11 754 ta;
Samarqand viloyatida – 11 051 ta.
Joriy yil 24-iyul holatiga AAA toifadagi 236 ta tadbirkorlik subyektiga 421 ta ariza bo'yicha ortiqcha QQS toʻlovidan 400,1 mlrd soʻm mablagʻlar bir kun muddatda qoʻshimcha tekshiruvlarsiz qaytarilgan. Shundan, 83,8 mlrd so‘mi iyul oyining o‘tgan davrida 116 ta ariza bo'yicha 102 ta tadbirkorlik subyektiga qoplab berilgan.
