Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori 2 % etib belgilandi
2024-06-30 12:05:00 / Press-relizlar

Unga ko‘ra,
▫️fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish,
▫️tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish —
realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %ini tashkil etadi.
Avval ushbu huquqbuzarlik realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida (100%) jarima solishga sabab bo‘lar edi.
Qunun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
