Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar yer solig‘idan ozod etiladi
2024-05-27 14:45:00 / Press-relizlar

Unga ko'ra:
2030-yil 1-yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslar yer solig‘idan (ekin maydonlari bundan mustasno) ozod etiladi.
Imtiyoz Soliq kodeksiga tegishli o'zgartirishlar kiritilgandan keyin qo'llaniladi.
Qishloq xo'jaligi korxonalari uchun mavjud soliq imtiyozlari
Mol-mulk solig'i
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan baza qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash, shuningdek pillachilik uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari balansidagi mol-mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatiga kamaytiriladi.
Soliq kodeksi 414-modda
Foyda solig‘i
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo‘jaligi korxonalari o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan foydasi bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi 0 % etib belgilangan.
Shu bilan birga, soliq to‘lovchilar o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami daromadning 90 foizdan ko‘prog‘ini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari bo‘yicha 0 % miqdorida soliq stavkasini qo‘llashga haqlidir.
Soliq kodeksi 337-modda
