Olis va chekka hududlardagi taʼlim markazlari uchun soliq imtiyozlari joriy etiladi
2026-04-23 16:50:00 / Qo'mita yangiliklari

Olis va chekka hududlardagi taʼlim markazlari uchun soliq imtiyozlari joriy etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni qabul qilindi.
PF-66, 20.04.2026-y.
2026-yil 1-maydan 2031-yil 1-yanvarga qadar olis va chekka hududlarda roʻyxatdan oʻtgan hamda faoliyat yuritayotgan nodavlat qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi subyektlarga quyidagi soliq imtiyozlari beriladi:
🔹 ijtimoiy soliq stavkasi – 1%
🔹 oʻqituvchilarga mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida toʻlanadigan daromadlar boʻyicha JShODS – 1%
Imtiyozlar quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
✅ jami daromadning kamida 80 foizi qoʻshimcha taʼlim xizmatlari hisobiga shakllanishi;
✅ har bir xodimning oylik ish haqi kamida 2 BHM miqdorida boʻlishi.
Mazkur imtiyozlar Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
