Nogironligi bo‘lgan bolalar parvarishi uchun soliq imtiyozlari
2026-04-23 17:30:00 / Qo'mita yangiliklari
Nogironligi bo‘lgan bolalar parvarishi uchun soliq imtiyozlari
Nogironligi bo‘lgan, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan hamda xususiy maktablar yoki maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaydigan bolalarning ota-onalari uchun soliq imtiyozi joriy etildi.
Unga ko‘ra, har bir bola uchun oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan kunduzgi parvarish xizmatlari to‘lovlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etiladi.
Shuningdek, bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun ham alohida imtiyozlar nazarda tutilgan. Xususan, ular 2030-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliqdan tashqari barcha turdagi soliqlardan ozod etiladi.
