Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni "Soliq" mobil ilovasida uydan chiqmasdan to'lang
2026-04-24 10:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni "Soliq" mobil ilovasida uydan chiqmasdan to'lang
Dehqon xo‘jaliklari hamda tegishli yer uchastkalariga ega jismoniy shaxslar joriy yilning 1-mayiga qadar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashlari shart. Soliq majburiyatini "Soliq" mobil ilovasi orqali oson bajaring.
To‘lovni amalga oshirish uchun "Soliq to‘lovlari" yangi xizmatiga kirib:
- JShShIR kiritiladi;
- soliq turi qatoridan "Suvdan foydalanganlik uchun soliq" tanlanadi;
- tegishli viloyat va tuman belgilanadi;
- obyektning kadastr raqami kiritiladi.
Ma'lumotlar to‘g‘ri kiritilganda obyekt manzili va hisoblangan soliq summasi avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni quyidagi mulklarga ega jismoniy shaxslar ham to‘lashi mumkin:
– qishloq xo‘jaligi yer uchastkalari;
– tadbirkorlik yoki daromad olish uchun mo‘ljallangan noturar joy obyektlari.
To‘lovning kechiktirilishi qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
