353 mlrd soʻm miqdoridagi qarzdorlik soliq toʻlovchilarning debitorlari hisobidan undirildi
2026-04-24 11:45:00 / Qo'mita yangiliklari

353 mlrd soʻm miqdoridagi qarzdorlik soliq toʻlovchilarning debitorlari hisobidan undirildi
Soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishlarga asosan 2026-yil 1-yanvardan boshlab soliq qarzini undirishni soliq toʻlovchining debitorlik qarziga qaratish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Shu munosabat bilan, ayni paytda soliq qarzi mavjud boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soliq organiga soliq qarzini oʻz debitori hisobidan undirishni soʻrab murojaat qilmoqdalar.
Joriy yil aprel oyida soliq xizmati organlariga qilingan murojaatlarga asosan 227 ta korxonaning jami 71,1 mlrd soʻmlik soliq qarzi ularning debitorlaridan undirib berildi.
Jumladan,
- Sirdaryo viloyatidagi "Mirzachul agro cluster" MCHJning 10,9 mlrd soʻmlik soliq qarzi Toshkent shahridagi "Lianghe International Agro Tech" MCHJ XK hisobidan;
- Toshkent shahriadgi “Quyuv-mexanika zavodi” AJning 1,5 mlrd soʻmlik soliq qarzi “Ozvagonta'mir” AJ hisobidan;
- Namangan viloyatidagi "Excellent-logistic service" MCHJning 383,8 mln soʻmlik soliq qarzi Toshkent shahridagi “Foods goods” MCHJ hisobidan undirib olindi.
Eslatib oʻtamiz: belgilangan soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda toʻlash – bu soliq toʻlovchilarning majburiyatlari.Soliq kodeksining 22-moddasi
