Soliq huquqbuzarliklari haqida 33 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
2026-04-23 10:25:00 / Infografika

Soliq huquqbuzarliklari haqida 33 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
2026-yilning yanvar-mart oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 32 813 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹 26 882 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹 1 153 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹 64 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹 4 714 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.
❌ Murojaatlarning 8 303 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.
🔍 Murojaatlar asosida 19 104 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,3% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 14 364 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 9,2 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
