Dala cheti yerlaridan unumli foydalanilmasa ta’sir chora qo‘llaniladi
2026-04-21 15:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Dala cheti yerlaridan unumli foydalanilmasa ta’sir chora qo‘llaniladi
“Dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
O‘RQ-1128, 13.04.2025-yil.
Unga asosan Soliq kodeksining 429 hamda 133-moddalariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida har yili 1-mayga qadar maqbul ekin ekilmaganligi to‘g‘risidagi tegishli tashkilot tomonidan taqdim qilingan axborotga asosan mazkur yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi 3 baravar miqdorida oshirilgan xolda hisoblanadi.
Bunda mazkur axborotlarni O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi davlat soliq organlariga real vaqt rejimida, elektron shaklda taqdim etishi shart.
Shuningdek, mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 65-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Bunda ikkilamchi ijaraga olgan ijarachilar tomonidan ushbu maydonlarda va belgilangan muddatlarda maqbul ekin ekilmaganligi, bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
