Yuk tashish faoliyati qonuniylashtirilmoqda!
2026-04-13 17:30:00 / Qo'mita yangiliklari

Yuk tashish faoliyati qonuniylashtirilmoqda!
Jizzax viloyati soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi, IIB YHXB hamda Transport boshqarmasi xodimlari hamkorligida keng ko‘lamli o‘rganish tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Masalan, Jizzax shahrida faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan YTT Sharifov Javohir Oltinbek o‘g‘lining faoliyati qayta tiklanishiga ko‘maklashildi. Shuningdek, fuqarolar Ulug‘bek Ibragimov va Sardor Oktamovga qonuniy ishlashning afzalliklari tushuntirildi.
G‘allaorol tumanida 16 ta yuk transporti egasi YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Forish tumanida 20 dan ortiq yuk transporti faoliyati yuzasidan elektron hisobvaraq-faktura (EHF) rasmiylashtirildi. 5 nafar haydovchi faoliyati to‘liq qonuniylashtirildi.
Qonuniy faoliyat – bu xotirjamlik va biznesni rivojlantirish uchun eng ishonchli yo‘l.



