Soliq qarzdorligini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda
2026-04-13 16:55:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq qarzdorligini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda
Soliq qarzini qisqartirish – davlat budjeti barqarorligini taʼminlash va iqtisodiy intizomni mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. Ushbu jarayon soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarishini taʼminlashga qaratilgan boʻlib, qonunchilik asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Toshkent shahar soliq boshqarmasi, prokuratura, departament, MIB, IIBB hamda tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruh, soliq qarzdorlikni qisqartirish boʻyicha xatlov tadbirlari oʻtkazishdi.
Natijada, aprel oyining oʻtgan davrida:
– 123 ta korxonada 153,2 mlrd. soʻm soliq qarziga teng (35 ta bino-inshoot, 43 ta avtotransport vositalari, 57 ta kompyuter texnikalari) mol-mulklari belgilangan tartibda xatlandi.
– 118 ta qarzdorlardan 97,0 mlrd. soʻm soliq qarzdorligi budjetga undirilishi taʼminlandi.
Xulosa qilib aytganda, soliq qarzini undirish tadbirlari nafaqat davlat budjeti daromadlarini oshirish, balki jamiyatda moliyaviy intizomni kuchaytirishga xizmat qiladi.





