Ijro sanʼati va soliq madaniyati: raqamlar va natijalar
2026-04-13 13:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Ijro sanʼati va soliq madaniyati: raqamlar va natijalar
Oʻtgan yili Soliq qoʻmitasi tomonidan “Konsert-tomosha faoliyati” xizmati boʻyicha "Soliq" mobil ilovasida soliq deklaratsiyalarini yuborish yoʻlga qoʻyilgani maʻlum qilingan edi.
Ushbu xizmat xonandalarga yillik daromadlari boʻyicha deklaratsiyani soliq organlariga taqdim etish imkonini beradi.
Bu orqali ular konstitutsiyaviy burchi boʻlgan – daromad soligʻini toʻlash majburiyatini bajarmoqda.
Agar xonanda oʻzi mustaqil ravishda deklaratsiyani toʻldirish imkoni boʻlmasa, mobil ilova orqali administratoriga bu huquqni (dostupni) berishi mumkin. Bu esa jarayonni yanada osonlashtiradi.
❌ Navbat yoʻq.
❌ Qogʻozbozlik yoʻq.
✔️ Faqat bir necha daqiqalik masʻuliyatli qadam.
Jarayon “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasining maʼlumotlar bazasi bilan soliq organlarining axborot tizimi integratsiya qilinishi natijasida soddalashtirilgan.
Joriy yil 13-aprel holatiga konsert-tomosha faoliyati litsenziyasiga ega boʻlgan va 2025-yilda ushbu faoliyatdan olgan daromadlari boʻyicha 419 nafar xonandalar daromadlari toʻgʻrisida soliq deklaratsiyasini taqdim etgan.
Taqdim etgan deklaratsiya asosida 2,3 mlrd soʻm daromad koʻrsatilib, shundan soliqqa tortiladigan baza 1,8 mlrd soʻmdan 219,6 mln soʻm daromad soligʻi hisoblandi.
Taqdim etilgan 419 ta jami yillik deklaratsiyaning 145 tasida daromad 1,0 mln.soʻmgacha 78,6 mln.soʻm (oʻrtacha yillik soliq summasi 50,6 ming soʻm), 222 tasida 10,0 mln.soʻmgacha 1 042,0 mlrd.soʻm (oʻrtacha yillik soliq summasi 444,3 ming soʻm), 38 tasida 20,0 mln.soʻmgacha 533,1 mln.soʻm (oʻrtacha yillik soliq summasi 1,3 mln.soʻm), 7 tasida 40,0 mln.soʻmgacha 233,0 mln.soʻm (oʻrtacha yillik soliq summasi 3,0 mln. soʻm), 5 tasida 60 mln.soʻmgacha 288,0 mln.soʻm (oʻrtacha yillik soliq summasi 5,2 mln. soʻm) va 2 tasida 90,0 mln.soʻmgacha 175,0 mln. soʻm (oʻrtacha yillik soliq 9,0 mln. soʻm) koʻrsatilgan.
Toʻlov muddati - 01.06.2026-yil.
Soliq qoʻmitasi, avvalroq jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etilishi haqida eslatib oʻtgan.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi
