“Tax free” tizimi faoliyati yana 9 ta viloyatda yo‘lga qo‘yildi
2026-04-03 15:30:00 / Qo'mita yangiliklari

“Tax free” tizimi faoliyati yana 9 ta viloyatda yo‘lga qo‘yildi
Avval xabar berganimizdek, ushbu xizmat faqat Toshkent va Samarqand xalqaro aeroportlarida mavjud edi.
Joriy yil 1-apreldan boshlab respublikamizning 9 ta viloyatidagi xalqaro aeroportlarda ham “tax free” tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, “tax free” tizimi chet ellik sayyohlar tomonidan xarid qilingan tovarlar uchun (oziq-ovqat mahsulotlari bundan mustasno) to‘langan QQSni qisman qaytarish imkonini beruvchi tizim bo‘lib, uning imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
Pul mablag‘lari bank kartasiga 3 ish kuni ichida qaytariladi
“Tax free” shoxobchasida naqd pul ko‘rinishida “cashback” olish imkoniyati mavjud
Minimal xarid summasi – 300 000 so‘m
Mazkur yangilik sayyohlar uchun yanada qulay sharoit yaratishi va mamlakatimizning turizm salohiyatini oshirishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
