Ilmiy tadqiqot yerlari uchun soliq imtiyozlari belgilanmoqda
2026-04-01 14:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Ilmiy tadqiqot yerlari uchun soliq imtiyozlari belgilanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashil makon” umummilliy loyihasi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
PF-47-son, 25.03.2025-yil.
Mazkur farmon bilan botanika va dendrologiya bog‘lari hududida ilmiy tashkilotlarning ilmiy tajriba, eksperimental ishlar va yangi navlarning seleksiyasi bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish hamda boshqa ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekin va daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari yer solig‘idan ozod qilinishi belgilanmoqda.
Shuningdek, farmonga asosan “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi “Yashil bog‘larni boshqarish o‘rmon ilmiy-tajriba markazi” davlat muassasasi sifatida qayta tashkil etish hamda mazkur tasarrufidagi bog‘lar va ko‘chatxonalar tashkil etish uchun biriktirilgan yer uchastkalari daraxtzorlar sifatida yer solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanmasligi belgilandi.
Mazkur imtiyozlar Soliq kodeksiga tegishli qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilganidan so‘ng amaliyotga joriy qilinadi.
