Soliq qoʻmitasida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2026-03-31 18:25:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq qoʻmitasida tadbirkor ayollar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Tadbirda, shuningdek, "Tadbirkor ayol" Oʻzbekiston Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi vakillari ham ishtirok etdi.
Soliq qoʻmitasi mutaxassislari bilan muloqot davomida tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan amaliy masalalar muhokama qilindi, shuningdek biznes yuritish shaffofligini oshirish, ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirildi.
Uchrashuv ishtirokchilari soʻnggi yillarda soliq tizimi yanada takomillashgani, biznes uchun zamonaviy va qulay muhit yaratilganini taʼkidladi. Xususan, soliq xizmatlarining raqamlashtirilishi soliq majburiyatlarini bajarish jarayonlarida muhim yengilliklar yaratayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga, bunday uchrashuvlarni muntazam oʻtkazib borish muhimligi, ayniqsa tadbirkor ayollar oʻrtasida soliq qonunchiligini qoʻllash boʻyicha tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida mazkur yoʻnalishda hamkorlikni davom ettirish boʻyicha kelishib olindi.



