“Yashil makon” – kelajakka ekilgan investitsiya!
2026-03-25 09:55:00 / Qo'mita yangiliklari
2026-yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida soliq xizmati organlari tomonidan koʻchat ekish ishlari yuqori surʼatlarda va samarali tarzda amalga oshirilmoqda.

Soliq xizmati organlari tashabbusi bilan joriy bahor mavsumida ajratilgan maxsus maydonlarga 105,5 ming tup daraxt koʻchatlari ekildi.
Xususan, bunda mazkur hududlar o‘ziga xos shijoat ko‘rsatishdi:
- Sirdaryo
- Fargʻona
- Navoiy
- Jizzax
- Namangan
- Buxoro
Natijada, respublika miqyosida vazirlik va idoralar tomonidan 1 mln 282 ming tup koʻchatlar ekilib, bunda Soliq qoʻmitasi peshqadamlar qatorida boʻldi. Bu tizimli ishlar soliq organlarining ekologik barqarorlik va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etayotganining yorqin namunasidir.
Ekilgan har bir koʻchat – bu nafaqat tabiatga ehtirom, balki kelajak avlodlar uchun sogʻlom muhit yaratishga qoʻshilgan hissadir.









