Umumiy ovqatlanish shoxobchasining hisobga olish dasturlari soliq organlari bilan integratsiya qilinishi shart
2024-06-21 12:35:00 / Qo'mita yangiliklari
Savdo (xizmat ko‘rsatish) shoxobchalarida onlayn-NKT bilan bir vaqtda boshqa turdagi fiskal ma’lumotlar hisobini yuritish tizimlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reyestriga kiritilishi lozim.
Soliq mobil ilovasi orqali kelib tushgan soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlar sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazishga asos bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, xaridorlarga QR-kodli chek berish shart.
Soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalash talablarini buzish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
