Yangihayotda “Soliq qo‘mitasi raisi kubogi”ga start berildi
2026-03-19 15:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Mamlakatimizda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish hamda mahalla yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Yangihayot tumanidagi 329-sonli umumta’lim maktabida sportning minifutbol turi bo‘yicha “Soliq qo‘mitasi raisi kubogi” musobaqasining tantanali qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi, Soliq qo‘mitasi mas’ullari hamda tumandagi mutasaddi tashkilotlar raxbarlari ishtirok etishdi. Bu kabi yuqori darajadagi e’tibor musobaqaning naqadar nufuzli va yoshlar hayotida muhim ekanligidan dalolat beradi.
Mazkur sport bayrami shunchaki o‘yin emas, balki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash yo‘lidagi amaliy qadamdir.
Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsadlar:
🔹Xavfsiz muhit: Mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish.
🔹Mazmunli hordiq: Yoshlarning bo‘sh vaqtini foydali mehnat va sport bilan band qilish.
Sog‘lom avlod: Yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish.
Musobaqa tumandagi 30 ta mahallani to‘liq qamrab olingan bo‘lib, unda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan azamat yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib boradilar.
Qura tashlash marosimi qizg‘in va shaffof ruhda o‘tdi, endi navbat maydondagi haqiqiy kurashlarga!
Sport — nafaqat sog‘lik garovi, balki yoshlarni birdamlikka va aniq maqsad sari intilishga o‘rgatuvchi eng kuchli vositadir.
Barcha ishtirokchi jamoalarga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz! Maydonda kuchlilar g‘alaba qozonsin!






