Soliq mobil ilovasi – 2023-yil natijalari
2024-01-04 10:00:00 / Infografika

Soliq mobil ilovasi – 2023-yil natijalari
O‘tgan yili (https://t.me/fiskaltahlil/57) Soliq mobil ilovasida qariyb 3 mln nafar foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi. Ularning jami soni 5,4 mlntadan oshdi.
Hozirda 3,3 mln nafar fuqaro ilovadan faol foydalanmoqda.
2023-yilda Soliq ilovasi 4 marta yangilandi va yangi funksiyalar paydo boʻldi:
▫️Tax Free (https://t.me/soliqnews/9631) tizimi orqali QQSni qaytarish;
▫️ota-onalar uchun soliq to'lash;
▫️yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdorlik bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish (https://t.me/soliqnews/9849);
▫️maʼlumotlarni saqlab qolgan holda telefon raqamini oʻzgartirish (https://t.me/soliqnews/10504);
▫️amallar tarixini kuzatish (https://t.me/soliqnews/10918);
▫️ quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasi uchun “Quyosh xonadon (https://t.me/soliqnews/10297)” xizmati orqali budjetdan subsidiya olish;
▫️roʻyxatdan oʻtgan ijara shartnomasini (https://t.me/soliqnews/10547) tahrirlash;
▫️egaligidagi ko‘chmas mulk kadastridan ko‘chirma (https://t.me/soliqnews/10687) olish;
▫️oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
▫️Ortiqcha to'lovni qaytarish (https://t.me/soliqnews/12104);
▫️JShODS bo‘yicha soliq imtiyozini qaytarish;
▫️fiskal modul uchun to‘lov;
▫️MIB hamda yoʻ l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni to'lash.
Mobil ilovaning ingliz tilidagi interfeysi yaratildi.
Murojaatlar uchun @soliq_mobililova_murojaatlar_bot ishga tushirildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra Soliq mobil ilovasi “Yil brendi – 2022” g‘olibi (https://t.me/soliqnews/10882) bo‘ldi.
Soliq mobil ilovasi yuklanish bo‘yicha AppStoreda TOP-2 va Play Marketda TOP-5 ro‘yxatda.
Eng ommabop xizmatlar:
Xaridlar uchun keshbek
(https://t.me/soliqnews/11231)Ijara shartnomalarini ro‘yxatga olish
(https://t.me/soliqnews/11426)O‘zini o‘zi band qilish
(https://t.me/soliqnews/11017)Soliqlarni to'lash (https://t.me/soliqnews/11563)
Soliq hamkor (https://t.me/fiskaltahlil/428)
(https://t.me/soliqnews/11563)Ijtimoiy keshbek
(https://t.me/soliqnews/11523)Ish haqi ma'lumotlari (https://t.me/soliqqomitasi/1834)
