Soliq qoʻmitasi raisi Farrux Pulatov Armaniston Respublikasi Davlat daromadlari qoʻmitasi raisi Eduard Akobyan bilan uchrashuv
2026-03-12 15:55:00 / Qo'mita yangiliklari

Forum doirasida, shuningdek, Soliq qoʻmitasi raisi Farrux Pulatov Armaniston Respublikasi Davlat daromadlari qoʻmitasi raisi Eduard Akobyan bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar soliq maʼmuriyatchiligida raqamli yechimlarni joriy etish sohasida oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari va ilgʻor tajribalarni muntazam almashib borish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini ta'kidlab o‘tdilar.
