“E-ma’muriy ish” yagona axborot tizimidan samarali foydalanish
2026-03-11 14:30:00 / Qo'mita yangiliklari

“E-ma’muriy ish” yagona axborot tizimidan samarali foydalanish
Soliq qoʻmitasida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni elektron shaklda yuritish hamda IIVning “E-ma’muriy ish” yagona axborot tizimi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalariga bagʻishlangan oʻquv-seminar (ZOOM platformasi orqali) tashkil etildi.
Seminarda Ichki ishlar vazirligi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining masʼul xodimlari, shuningdek Soliq qoʻmitasi va hududiy soliq boshqarmalarining Maʼmuriy amaliyot shoʻbalari rahbarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishda “E-ma’muriy ish” axborot tizimidan amalda foydalanish jarayonida uchrayotgan muammoli masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.
Shuningdek, ushbu yoʻnalishda ish samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.



