Soliq qo‘mitasi va Xalqaro Vestminster universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi
2024-06-13 18:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Uchrashuvda ilg‘or bilim va malakaga ega mutaxassislarni tayyorlashda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Soliq xizmati xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun TXVUning salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Konstruktiv muloqot natijasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Soliq qo‘mitasi va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ikkala tomon ham uzoq muddatli va samarali hamkorlikdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun: Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti Londondagi Vestminster universiteti bilan hamkorlikda 2002-yil 16-yanvarda tashkil etilgan. TXVU Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya malakalari bo‘yicha g‘arbiy uslubda taʼlim beradigan birinchi xalqaro universitet hisoblanadi.



