Soliq bilimlari – yosh avlod kelajagi poydevori
2026-03-02 13:55:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq bilimlari – yosh avlod kelajagi poydevori
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Soliq bilimlari – yosh avlodga” respublika ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyati bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlovdan ko‘zlangan bosh maqsad — yoshlar qalbida soliq madaniyatini qaror toptirish, ularning iqtisodiy savodxonligi va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek soliqlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqidagi bilimlarini yanada boyitishdir.
Viloyat bosqichida shahar va tumanlardan saralab olingan 33 nafar iqtidorli o‘quvchilar o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdi.
Insholar yo‘nalishi:
1-o‘rin: Navoiy shahar 11-maktab 8-sinf o`quvchisi Xotamova Ruxshona
2-o‘rin: Karmana tumani 28-maktab 9-sinf o‘quvchisi Xamrayeva Nigina
3-o‘rin: Zarafshon shahar 12-maktab 9-sinf o‘quvchisi Mahmudova Madina
Rasmlar yo‘nalishi:
1-o‘rin: Uchquduq tumani 7-maktab o‘quvchisi Nasirdinova Shahrizoda
2-o‘rin: Nurota tumani 32-maktab o‘quvchisi Umarova Dilnura
3-o‘rin: Zarafshon shahar 10-maktab o‘quvchisi Normo`minova Ruxshona
Videoroliklar yo‘nalishi:
1-o‘rin:Navoiy shahar 8-maktab 11-sinf o‘quvchisi G’ofurjonov Saidazizbek
2-o‘rin: Xatirchi tumani 5-maktab 11-sinf o‘quvchisi Muhammadiyeva Asila
3-o‘rin: Karmana tumani 15-maktab 11-sinf o‘quvchisi Shokirov Davlatbek
Tanlov yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar respublika bosqichida Navoiy viloyati nomidan qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.









