O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qanday soliqlarni to'laydi?
2024-06-13 09:40:00 / Qo'mita yangiliklari
O‘zini o‘zi band qilish
Daromadlari 100 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq to‘lamaydi.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadi 100 mln so‘mdan oshsa, 4% stavkada (hisobot topshiradi) yoki qat’iy belgilangan miqdorda (hisobot taqdim etmaydi) AOS to‘lashga o‘tadi.
Daromadi 1 mlrd so‘mdan oshgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar QQS va foyda solig‘ini to‘laydi.
