Xalqaro PLUS-forumida Soliq qo‘mitasining raqamlashtirish bo‘yicha erishgan yutuqlari va istiqbol rejalari muhokama qilindi
2024-06-12 14:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Bugun, 12-iyun kuni Toshkentda “Digital Uzbekistan” IV xalqaro PLUS-forumi boshlandi, unda davlat organlari, bank sektori va biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Forum bank-moliya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, raqamli tijoratning dolzarb masalalari bo‘yicha tajriba almashish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Forumda Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jahongir Abdiyev soliq organlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taqdimoti bilan ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, soliq maʼmurchiligini avtomatlashtirishning ilgʻor texnologiyalari (elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo, onlayn-NKT, xavflarni tahlil qilish tizimi, raqamli markirovka va boshqalar) joriy etilishi natijasida soliq organlari faoliyati samaradorligi va soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati sezilarli darajada oshdi.
Soliq qo‘mitasining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi infratuzilmasini yangilash axborotni qayta ishlash va almashishni sezilarli darajada yaxshilash, tizim samaradorligini oshirish imkonini berdi.
Kelgusida axborot va kiberxavfsizlik protokollari, bulutli hisoblash, Big Data texnologiyalari va sun'iy intellektni joriy etish rejalashtirilgan.

