KUN CHAQIRIG’I
2026-03-02 08:00:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq tizimi xodimi – jamiyatning iqtisodiy nafasiga mas’ul inson. Uning mehnati ko‘zga ko‘rinmasdek tuyulishi mumkin, ammo u tartib va adolatning suyanch ustunidir. Kirib kelgan bahor fasli esa tabiatning uyg‘onishi, yangilanish va poklanish ramzidir.
Shunday ekan, kirib kelgan bahor soliq tizimi xodimi uchun ham ramziy bir chaqiriq: har bir ishni pok niyat, ochiq qalb va adolat bilan boshlash. Chunki haqiqiy yangilanish tabiatda emas, insonning vijdonida boshlanadi.
