Yangihayot tumanida sportchi yoshlar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
2026-02-23 13:20:00 / Qo'mita yangiliklari

Yangihayot tumanida sportchi yoshlar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi
Soliq qo‘mitasi mutasaddilari tomonidan tuman huquq-tartibot organlari va mas’ul tashkilotlar xodimlari ishtirokida Yangihayot tumani “Yangiumid” mahallasidagi “Diyor – team” taekvondo sport klubida sportchi yoshlar bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Muloqotda uyushgan jinoyatchilik va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda qonun ustuvorligini ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash va yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratildi. Sportchi yoshlarning jismonan ustunliklarini noqonuniy yo‘llarda qo‘llash og‘ir huquqiy oqibatlarga olib kelishi, sport esa intizom va qonunga hurmat maktabi ekani ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida yoshlar qonunlarga qat’iy rioya qilish, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik va muammolarni faqat qonun doirasida hal etishga chaqirildi.


