"Soliq forumi – 2026"
2026-02-17 10:50:00 / Qo'mita yangiliklari

Ayni damda "Soliq forumi – 2026" doirasida soliq tizimini rivojlantirish, raqamli yechimlarni joriy etish hamda davlat va biznes o‘rtasidagi samarali hamkorlikka oid muhim masalalar muhokama qilinmoqda.
Forumda ekspertlar, davlat organlari vakillari va tadbirkorlik subyektlari ishtirok etib, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tajriba, tashabbus va takliflari bilan o‘rtoqlashmoqda.
Jonli efirni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
